“Nyukasl” Ozarbayjonda yirik gʻalabaga erishdi, “Inter” Norvegiyada magʻlub boʻldi
Kecha, 18-fevral kuni UEFA Chempionlar ligasining pley-off bahslari davom ettirildi. Kun doirasidagi uchrashuvda Ozarbayjon chempioni “Qorabogʻ” jamoasi oʻz maydonida “Nyukasl”ni qabul qildi.
Bahs “qargʻalar”ning 1:6 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Entoni Gordon (4 ta), Malik Tiav va Jeykob Myorfi mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob goli esa Elvin Jafarguliyev hisobidan yozildi.
Gretsiyada boʻlib oʻtgan “Olimpiakos” — “Bayer Leverkuzen” uchrashuvida ham omad mehmonlarga kulib boqdi. “Bayer” safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikkala golga jamoa hujumchisi Patrik Shik mualliflik qildi.
Turning asosiy sensatsiyasi esa Norvegiyada kuzatildi. Guruh bosqichida oʻz maydonida “Manchester Siti”ni magʻlub etgan “Bodo-Glimt” bu gal musobaqaning amaldagi vitse-chempioni “Inter”ni ham magʻlubiyatga uchratdi.
Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi. Gollarga gʻoliblardan Sondre Fet, Petter Xauge va Kasper Hyog mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Franchesko Espozito hisobidan yozildi.
Gollar shouciga aylangan yana bir bahs Belgiyada boʻlib oʻtdi. Unda “Bryugge” klubi oʻz maydonida “Atletiko Madrid”ni qabul qildi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.
Ispan klubi safida gollarga Xulian Alvares va Ademola Lukman mualliflik qildi. Yana bir gol avtogol sifatida mezbonlar himoyachisi Joel Ordones hisobidan qayd etildi. “Bryugge”ning gollariga esa Nikola Trezoldi, Xristos Solis va Rafael Onyedika mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob oʻyinlari 24-fevral sanasidan start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring