Nyu-Yorkdagi shaxmatchilarga noxush xabar bor. Magnus Karlsen blis boʻyicha chempionlikni himoya qilishga qaror qildi
Norvegiyalik mashhur shaxmatchi Magnus Karlsen rapid boʻyicha jahon chempionatining 8-turidan soʻng musobaqani tark etishini maʼlum qilgan edi. Dress-kod qoidalariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilgan Karlsen FIDEʻga oʻziga xos boykot sifatida chempionatdagi ishtirokini toʻxtatganini aytgandi.
Gap shundaki, Karlsen oʻz qarorini qayta koʻrib chiqib, jahon chempionatini davom ettirishga qaror qildi. Rapidda chempionlikni qoʻldan boy bergan shaxmatchi endi blis boʻyicha jahon chempionlik unvonini himoya qilish uchun ishtirokini davom ettirishini maʼlum qildi. U bu haqda “Take Take Take”ga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Magnusning soʻzlariga koʻra, u FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich va musobaqa bosh homiysi Timur Turlov bilan suhbatdan keyin fikrini oʻzgartirgan. “Men kamida bir kun oʻynayman. Agar hammasi joyida boʻlsa, ikkinchi kun ham qolaman”, — dedi Karlsen. U FIDEʻga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlari butun tashkilotga emas, balki baʼzi insonlarga qaratilganini taʼkidladi.
Karlsen musobaqani tark etish uchun Nyu-Yorkdan uchib ketish chiptalarini ham tayyorlab qoʻygan edi. Ammo otasining maslahati bilan Dvorkovich bilan gaplashib koʻrgan va yaxshi munosabatlar tufayli musobaqada ishtirokini davom ettirishga qaror qilgan. “Muammoni men emas, ular keltirib chiqarishdi”, — dedi Magnus.
Shaxmat blogerlarining fikricha, Karlsenning musobaqaga qaytish qaroridan barcha muxlislar va tashkilotchilar xursand, ammo shaxmatchilar emas. Magnusning “yaralanib qaytishi”, uni yanada xavfli qiladi va boshqalarning yutuq imkoniyatlariga qattiq taʼsir qiladi.
Qayd etish kerakki, ushbu turnirda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vahidov, Afruza Hamdamova, Muhiddin Madaminov kabi yoshlarimiz qatnashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring