Nursuxning mashhur mastavasi siri nimada?

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida joylashgan qadimiy Nursux qishlogʻi tarixiy ziyoratgohlari, betakror tabiati, olimu donishlari bilan vodiyda oʻziga xos oʻrin tutadi.
Mana shu qishloqda yashaydigan Iboxon Qoʻchqorova xonadonida yigirma yildan oshiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinayotgan xushxoʻr taom — mastava nafaqat Fargʻona vodiysi, balki diyorimiz boʻylab tilga tushgan, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu xonadon har kuni erta tongdan kechga qadar xoʻrandalar bilan gavjum. “Nursux mastavasi” taʼrifini eshitganlar bu oilaning mehmoni boʻlib, betakror mazaga ega taomdan bahramand boʻlishga harakat qiladilar. Ular orasida xorijiy sayyohlar, mashhur ijodkorlar, sportchilar, davlat va jamoat arboblari ham bor.
— Bu ovqatga mehrimizni qoʻshib tayyorlaymiz, boshqa hech qanday sir yoʻq, — deydi mohir oshpaz Iboxon aya. — Ovqatga qoʻshiladigan barcha masalliqlarni — sabzavotu koʻkatlarni oʻz tomorqamizda yetishtiramiz. Yordamchi xoʻjaligimizda 15-20 bosh qoramol boqiladi.
Achchiq qalampir, qora murch, quritilgan rayhon, qatiq, ziravorlar mastavaga oʻzgacha taʼm, koʻrinish beradi. Kelgan mehmonga mastava va achchiq koʻk choydan keyin oila bekasi tomonidan tayyorlangan anjir murabbosi parhez sifatida tortiq etiladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring