Nurobodlik Mahmadali Bobojonov 60 yoshida tugʻilganlik haqidagi guvohnomani oldi

15:40 21 Fevral 2024 Jamiyat
172 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Abdulaziz Yoʻldoshev/ “Xalq soʻzi”. Oltmish yoshga toʻlib ham fuqaro sifatida rasmiy hujjatga ega boʻlmaslikning alami va iztirobini Nurobodlik Mahmadali Bobojonov yaxshi tushunadi. Boshiga kelgan sinovlar va boshqa muammolar sabab na tugʻilganlik haqida guvohnoma va na fuqarolik pasporti ololgan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tuman markazidan 120 kilometr uzoqlikdagi “Sahoba” mahallasida yashovchi Mahmadali Bobojonovning ana shu muammosi roʻyxatga olinib, unga amaliy yordam koʻrsatildi. Tuman FHDYO boʻlimi tomonidan zarur hujjatlar toʻplanib, dastlab tugʻilganlik guvohnomasi berildi. Keyin shu asosda ID-karta olishga koʻmaklashildi. Loyiha doirasida bir fuqaroning ikki hujjatli boʻlishiga erishildi. Uning hayotida endi tub burilish: Mahmadali Bobojonov fuqaro sifatida barcha huquq va imkoniyatlardan foydalana oladi.

Aksiya doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshchiligida viloyatdagi 574 ta MFYlarda xatlov oʻtkazilib, xatlov natijasida 1284 nafar fuqaroning hujjatga ega emasligi aniqlandi. Shundan 892 nafariga hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?