“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus oʻquv ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi

Foto: Arxiv surat
Bu boʻyicha Hukumat qarori (374-son, 14.08.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan respublikaning barcha 16 ta “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus oʻquv ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Maqsad koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish hamda kasb egallashiga koʻmaklashish, ijtimoiy hayotga tayyorlab borishdan iborat.
Eslatib oʻtamiz, oʻquv ishlab chiqarish korxonasi bunga qadar Andijon viloyatining 16-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring