Nuriddinjon Ismoilov Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
2022-yil 13-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisini yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Uchrashuvda keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgani, mamlakatlarimiz oʻrtasida siyosiy va iqtisodiy sohadagi muloqotlarning faollashgani ijobiy baholandi.
— Davlatlarimiz rahbarlari oʻtgan yili sentyabr oyida Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti va noyabr oyida Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitlari doirasida boʻlib oʻtgan Oliy darajadagi muloqotlarda ikki mamlakatlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar. Bu esa ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarimizning yanada rivojlanishida muhim omil boʻlmoqda, — dedi Spiker N. Ismoilov. – Oʻz oʻrnida biz ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarni ham yangi darajaga olib chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak boʻladi. Zero tarixi, dini, urf-odati va anʼanalari yaqin boʻlgan mintaqamizdagi davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlikning oʻrni beqiyos.
Mazkur uchrashuvlar asnosida ilgari surilgan takliflarning amaliy ijrosi kelajakda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-logistika, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik munosabatlarimizni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Muloqot chogʻida mehmonga mamlakatimiz parlamenti, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, qoʻmita va fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida soʻzlab berildi.
Oʻz navbatida, M. Qolibof konstruktiv va amaliy ruhdagi muloqotlarni izchil davom ettirish, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil boʻlgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu yoʻnalishdagi muloqotlarni koʻpaytirish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.
Oʻzaro ishonch ruhida oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Eron oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga kelishib oldi.
Eron parlamenti delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring