Nukusda metan “zapravka” 3 mlrd 854 mln 433 ming soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura, “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Nukus tumanida joylashgan “Max Gaz Servis” MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Xususan, “Max Gaz Servis” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan gaz sarfini oʻlchash kompleksiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 854 mln 433 ming soʻm (3 mln 854 ming 433 metr kub)ni tashkil etgan.
Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring