Nukusda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi quriladi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-Yillik yigʻilishi doirasida YETTB va “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi oʻrtasida Nukus shahrida shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha kredit shartnomasi imzolandi.
Hujjatga koʻra, bankning “ACWA Power Wind Karatau” kompaniyasiga krediti hajmi 19 million dollarni, Qoraqalpogʻistondagi elektr stansiyasining quvvati esa 100 MVtni tashkil etadi.
Bu YTTB dasturi doirasida Oʻzbekistonga umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan shamol energetikasi quvvatlarini yaratishda yordam beradigan birinchi loyiha boʻladi.
Umuman olganda, mamlakatimizda YTTB tomonidan moliyalashtiriladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining quvvati 2700 MVtgacha oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlaganidan buyon YTTB iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 3,4 milliard yevrodan ortiq 100 ta loyiha va dasturni moliyalashtirishni maʼqullagan (893 million yevrolik 7 ta loyiha ishlab chiqilmoqda). Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida YTTB sarmoyalarini eng koʻp oluvchi davlat hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring