Nukus davlat pedagogika instituti qizlari — Oʻzbekiston chempioni

Foto: «Халқ сўзи»
Qoraqalpogʻistonlik yoshlar oʻrtasida sportning voleybol turi tobora ommalashib borayotgani, ushbu sport turi boʻyicha hududda oʻziga xos maktab yaratilayotgani Orolboʻyi yigit va qizlari qoʻlga kiritayotgan salmoqli yutuqlarda amaliy isbotini topmoqda.
Shu yilning 24-31-may kunlari Jizzax viloyatida voleybol boʻyicha navbatdagi Oʻzbekiston chempionatining yakunlovchi beshinchi tur musobaqalarida ham qoraqalpogʻistonlik qizlar barcha raqiblardan ustunlikka erishdi.
Musobaqa yakunida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qizlar terma jamoasi professional mahoratini namoyon etib, voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
Chempionatning taqdirlash marosimida bir nechta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, ular orasida Nukus davlat pedagogika instituti qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azat Kazakov “Eng yaxshi murabbiy”, jamoa aʼzolaridan Indira Nasratdinova “Eng yaxshi oʻyinchi”, Gulbazar Nuranova “Eng yaxshi toʻsuvchi”, Maqsuda Yuldasheva “Eng yaxshi jamoa sardori” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring