Notkoin sotgan yana bir yigit 10 sutkaga qamaldi
Illyustrativ foto
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shugʻullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan roʻyxatga olingan fuqaro A.A.ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro Gʻ.Yo. ga tegishli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shugʻullangani aniqlangan. U kripto-aktivni Telegram-messenjerida yigʻgan va 20.000 dona notkoin tangalarini 150 AQSH dollari evaziga sotgan.
Sud qaroriga koʻra, yigit Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 155-4-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, Gʻ.Yo.dan bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, yaʼni 510 ming soʻm undirilishi belgilandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan bir dona telefon apparati tegishli tartibda yoʻq qilinishi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring