Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

11:17 25 Noyabr 2022 Hujjatlar
1882 0

Illustrativ foto

Hukumat qarori (666–son, 23.11.2022-y.) bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi; 

noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari;

noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash usullari;

noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi.

Mazkur nizom talablari strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida noqonuniy qazib olishda hamda texnogen mineral hosilalardan foydalanishda yetkazilgan zararni hisoblashga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Quyidagi holatlar noruda materiallarni noqonuniy qazib olish hisoblanadi:

noruda materiallar mavjud yer qaʼri uchastkasidan ruxsatnoma olmasdan turib foydalanish;

noruda materiallar uchun berilgan kon ajratmasidan va ajratilgan yer uchastkalari doirasidan chetga chiqish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?