Namangandagi maktablarga zamonaviy kompyuterlar topshirildi

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Oʻquvchi-yoshlarning kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal egallashi taʼlim jarayonlarida muvaffaqiyatga erishishda muhim oʻrin tutadi. Namangan viloyatida ham yoshlarni taraqqiyot asri yutugʻi hisoblangan ushbu “aqlli mashina”larni boshqarish saboqlari bilan qurollantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Kuni kecha viloyat hokimligi tashabbusi bilan bir qator umumtaʼlim maktablarining axborot texnologiyalari xonalari soʻnggi nusxadagi kompyuterlar jamlanmasi bilan toʻldirildi.
— Yuzta kompyuter jamlanmasi Norin tumanidagi 42-, Chust tumanidagi 18 -, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 55-, Pop tumanidagi 35 va Yangi Namangan tumanidagi 57 – umumtaʼlim maktablariga tantanali ravishda topshirildi, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Abbos Usmonov. — Soʻnggi nusxadagi zamonaviy texnika vositalari oʻgʻil-qizlarning taʼlim jarayonida yanada izlanishiga, informatika hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarini chuqur egallashiga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Namangandagi umumtaʼlim maktablarida 818 ta kompyuter sinflari tashkil etilgan boʻlib, 1310 nafar informatika, IT fani oʻqituvchilari yoshlarga elektron raqamli bilim koʻnikmalarini shakllantirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring