Noqonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan 36 502 ta fuqarolarga yordam berilib ularning faoliyati qonuniylashtirildi

15:05 04 Yanvar 2024 Jamiyat
361 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova maʼlum qildi:

Bunda 24 006 tasi yuridik shaxs 12 496 tasi YTT sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

133 113 nafar mehnat bilan band boʻlgan aholi mehnat stajiga ega boʻlishi va kelgusida pensiya olishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi;

9 275 ta oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorga aylantirilib ularning faoliyati kengaytirildi.

2 756 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarni tovar aylanmasi oshgani hisobiga yuridik shaxs toifasiga oʻtkazilib faoliyatlari yiriklashtirildi.

9 561 ta korxonada 4937 ta obyektni ishga tushirish hisobiga 13550 ta, shuningdek, 1827 ta korxonada 715 ta yer uchastkalarini ishga tushirilishi hisobiga 4 837 ta ishchi oʻrni yaratildi.

Byudjetga 222,5 mlrd. soʻm qoʻshimcha manba jalb qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер