Noqonuniy 12 884 ta elektron tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

Toshkent shahrida 2,6 mlrd soʻmlik elektron tamaki mahsulotining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Mirobod tumani boʻlimi, Bojxona boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.X. “F.T.” MCHJ masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib oʻzining vaqtincha yashash xonadonida MCHJning tegishli hujjatlari boʻlmagan, turli nomdagi umumiy bahosi 2,6 milliard soʻmlik 12 884 dona elektron tamaki mahsulotlari va ularga tegishli markirovkalarni oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring