Nomaʼlum shaxs oʻz boshqaruvidagi avtomobilni qasddan “PSJ” klubi muxlislari ustiga haydadi (+video)

Kecha, 7-maydan 8-mayga oʻtar kechasi Yevropa chempionlar ligasining final yoʻllanmasi uchun Fransiyaning “PSJ” klubi hamda Angliyaning “Arsenal” jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Mazkur bahsda parijliklar qoʻli baland keldi va turnir finali yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Bahsdan soʻng, koʻplab “PSJ” klubi muxlislari gʻalabani nishonlash uchun Parij koʻchalariga toʻplanishgan vaqtda nomaʼlum shaxs oʻz boshqaruvidagi avtomobilni qasddan muxlislar ustiga haydagan. Ushbu hodisa oqibatida uch kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli ogʻir ekanligi aytilmoqda.
Oʻnlab muxlislar odamlar ustiga haydalgan avtomobilni oʻrab olgan hamda oynalarini sindirib, turli buyumlar bilan zarar yetkazishga harakat qilgan. Politsiya avtomobilni yonib ketgan holda topgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari muxlislar ustiga haydalgan avtomobil haydovchisini qoʻlga olgan. Ayni vaqtda uning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, tun davomida Parij koʻchalari boʻylab yana bir qancha tartibsizliklar sodir boʻlgan. Jumladan, hududdagi “Yelisey” maydonida bir nechta muxlislar politsiya xodimlarini toshboʻron qilgan hamda turli xildagi pirotexnika vositalari uloqtirishgan. Bundan tashqari, muxlislar bir nechta mashina va doʻkonlarga ham jiddiy zarar yetkazgan. Hudud politsiyasi ushbu tartibsizliklarni toʻxtatish maqsadida koʻzdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur boʻlgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mahalliy politsiya 43 nafar mazkur tartibsizliklar ishtirokchilarini qoʻlga olgan. Hozirda tartibsizliklarning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring