Nogironligi boʻlgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi
Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.
Mazkur Qonun bilan Yer kodeksiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga muvofiq, ochiq elektron tanlov orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish huquqini qoʻlga kiritgan shaxslarga oʻsha hudud hokimining tasdigʻi talab etilmaydi.
Shuningdek, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanganlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda chora koʻrish masʼuliyati Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlariga yuklatilmoqda.
Kadastr agentligi organlari yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini aniqlagan taqdirda, ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
Qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim aholi qatlamlari uchun bir qator kafolatlar ham belgilanmoqda. Xususan, nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning oilasi elektron onlayn-auksionlardan yer uchastkalarini sotib olishi bilan bogʻliq xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring