Nogiron shaxslar saylovda qanday ishtirok etadi?

21:07 30 Sentyabr 2021 Jamiyat
1366 0

Namanganda viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Biz birgamiz” aksiyasi doirasida tashkil etilgan tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida NNT, shuningdek, nogironligi boʻlgan saylovchilarning ishtirokiga bagʻishlandi.

Namangan viloyatida ayni paytda 550 ta NNT faoliyat olib bormoqda. Imkoniyati cheklangan shaxslar 61 ming 819 nafar boʻlib, 18 yoshdan yuqorisi 52 ming 656 nafarni, aynan koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar esa 4 ming 827 nafarni tashkil etadi. Tadbirda ularning saylovda ishtirok etishi, uchastka saylov komissiyalari va ovoz berish kabinalarida ular uchun maxsus sharoitlarning yaratilishi yuzasidan aniq maʼlumotlar berildi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati asosida tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi barchada iliq taassurot qoldirdi.

Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?