Nodirbeklar keldi… Vengriyada butun jahon shaxmat Olimpiadasi boshlandi
Bugundan Vengriya poytaxti Budapesh shahrida butun jahon shaxmat Olimpiadasi boshlanadi. Amaldagi champion, Oʻzbekiston terma jamoasi ham toʻliq tarkibda qatnashmoqda. Qayd etish kerakki, ushbu turnir jahon shaxmatidagi eng nufuzli turnirlardan hisoblanadi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, ushbu musobaqa 22 sentabrgacha davom etadi. Vaqt nazorati klassik formatda boʻladi. Har bir oʻyin boshida oʻyinchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan oʻyin oxirigacha esa qoʻshimcha 30 daqiqa beriladi. Shuningdek, har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qoʻshib boriladi. Turnir shvetsarcha formatda 11 tur davom etadi.
Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi:
1. Nodirbek Abdusattorov
2. Javohir Sindarov
3. Nodirbek Yakubboyev
4. Shamsiddin Vohidov
5. Jahongir Vohidov
Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi:
1. Afruza Hamdamova
2. Nilufar Yakubbayeva
3. Umida Omonova
4. Marjona Malikova
5. Nodira Nodirjonova
Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi turnirda toʻrtinchi raqamda saralangan. 2022-yilning 28-iyulidan 10-avgustigacha Hindistonning Tamilnadu shtatining Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 44-shaxmat Olimpiadasida champion boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring