“Nodirbeklar keldi, Nodirbeklar keldi”: Bugun shaxmat olamidagi eng katta turnirlardan biri boshlanadi
2025-yilning 17-yanvaridan 2-fevraligacha Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha dunyodagi eng nufuzli turnirlardan biri boʻlgan “TATA Steel” shaxmat turniri oʻtkaziladi. Ushbu turnir jahonning eng kuchli shaxmatchilari, yosh isteʼdodlari va shaxmat ixlosmandlarini birlashtiradi. Turnir doirasida “Masters” va “Challengers” guruhlarida ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyon etishadi.
“Masters” guruhi: Jahonning eng kuchli shaxmatchilari
“Masters” guruhi jahonning eng kuchli shaxmatchilari bilan toʻlib-toshgan. Bu guruhda dunyoning eng yuqori reytingli grossmeysterlari oʻzaro bellashadi. Oʻzbekiston sharafini ushbu guruhda Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi. Quyida hamyurtimizga qarshilik qiladigan shaxmat ustalari:
1) Fabiano Karuana (AQSH): Dunyo reytingining yuqori pogʻonalaridagi tajribali shaxmatchi.
2) Arjun Erigaysi (Hindiston): Hind shaxmat maktabining yorqin vakili.
3) Gukesh Dommaraju (Hindiston): Jahon chempionligiga eng yosh daʼvogar boʻlgan shaxmatchi.
4) Vey Yi (Xitoy): 2024-yilgi “TATA Steel” turnirining amaldagi gʻolibi.
5) Rameshbabu Pragannanada (Hindiston): Yosh grossmeysterlar orasidagi yetakchi shaxmatchilardan biri.
6) Vinsent Kaymer (Germaniya): Germaniya shaxmat maktabining yulduzli shaxmatchisi.
7) Anish Giri (Niderlandiya): Oʻz yurtidagi nufuzli shaxmatchilardan biri va jahon darajasidagi raqobatchi.
8) Vladimir Fedoseyev (Sloveniya): Kuchli va tajribali shaxmatchi.
9) Pentala Xarikrishna (Hindiston): Tajribali va yuqori darajadagi shaxmatchi.
10) Jorden van Forest (Niderlandiya): 2021-yilgi “TATA Steel” turniri gʻolibi.
11) Aleksey Sarana (Serbiya): Eʼtiborli shaxmatchilardan biri.
12) Leon Lyuk Mendonka (Hindiston): Yosh shaxmatchilar orasida yuksalib kelayotgan iqtidorli shaxmatchi.
13) Maks Varmerdam (Niderlandiya): Niderlandiya shaxmat maktabining yosh vakili.
“Challengers” guruhi: Yosh isteʼdodlar va yangi yulduzlar
“Challengers” guruhida shaxmatning yosh va umidli isteʼdodlari bellashadi. Oʻzbekistondan Nodirbek Yaqubboyev ushbu guruhda ishtirok etadi. Guruhning barcha ishtirokchilari quyida keltirilgan:
1) Nguyen Tay Day Van (Chexiya): Chex shaxmat maktabining istiqbolli shaxmatchisi.
2) Frederik Svon (Germaniya): Germaniya shaxmatchilarining yosh vakili.
3) Ediz Gurel (Turkiya): Turkiya shaxmat maktabining yulduzli shaxmatchisi.
4) Aydin Sulaymonli (Ozarbayjon): Ozarbayjon shaxmat maktabining iqtidorli shaxmatchisi.
5) Ervin Lami (Niderlandiya): Niderlandiya shaxmat maktabining tajribali shaxmatchisi.
6) Benjamin Bok (Niderlandiya): Yosh va iqtidorli shaxmatchi.
7) Qazibek Nogerbek (Qozogʻiston): Yoshlar orasidagi jahon chempioni.
8) Divya Deshmuk (Hindiston): Hindistonning yosh shaxmat umidvori.
9) Vayshali Rameshbabu (Hindiston): Pragannandaning singlisi va yosh isteʼdod.
10) Artur Piypers (Niderlandiya): Niderlandiyaning isteʼdodli shaxmatchisi.
11) Lu Miaoyi (Xitoy): Yosh shaxmatchilar orasida yuksalib kelayotgan shaxmatchi.
12) Faustino Oro (Argentina): 11 yoshli shaxmat isteʼdodi.
13) Irina Bulmaga (Ruminiya): Ruminiyaning tajribali shaxmatchisi.
“TATA Steel” shaxmat turniri dunyodagi eng katta shaxmat musobaqalaridan biri hisoblanadi. U yosh isteʼdodlar uchun katta imkoniyat eshigini ochadi, tajribali shaxmatchilar esa oʻz nomlarini yana bir bor tarixga muhrlaydilar.
Vaqt nazorati klassik formatda. Har bir oʻyin boshida shaxmatchilarga 40 ta yurish uchun 100 daqiqa, keyingi 20 ta yurish uchun 50 daqiqa, 51-yurishdan oʻyin oxirigacha esa qoʻshimcha 15 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qoʻshib boriladi. Oʻzbek sportchilariga omad tilaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring