Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli “Sharjah Masters 2025” shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan “Superbet Chess Classic” turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.
U turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan boʻlib, bugungi 1-turda Hindiston vakili Panayappan Setxuraman bilan qora donalarda bahs olib bormoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlangan.
Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 73 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Nodirbek Abdusattorovdan tashqari “Sharjah Masters” turnirida yana uch nafar grossmeysterimiz — Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatovlar ham qatnashyapti.
Ular ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi. Turnir shveysarcha tizimda oʻtkaziladi va jami 9 turdan iborat boʻladi. Har bir partiyaga 90 daqiqa asosiy vaqt va har bir yurishga 30 soniyalik qoʻshimcha vaqt belgilanadi.
Ishtirokchilar orasida Nodirbek Abdusattorovdan keyin ikkinchi raqamli favorit sifatida niderlandiyalik kuchli grossmeyster Anish Giri qayd etilgan. Bu esa turnir darajasi va raqobat kuchini yanada oshiradi. “Sharjah Masters” bugungi kunda Osiyo va Yevropa shaxmatchilari uchun eng muhim xalqaro maydonlardan biriga aylangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring