Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen nufuzli turnir gʻolibligi uchun bellashadi
Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “Speed Chess Championship” turnirida ishtirok etadi. Bu haqda “Chess.com” nashri xabar berdi.
Musobaqa tezkor shaxmat boʻyicha boʻlib oʻtadi. Uning pley-off oʻyinlari 26-iyul — 9-avgust kunlari oʻtkaziladi va bu bosqich onlayn tarzda tashkil etiladi. Nodirbek Abdusattorov birinchi turda rossiyalik Yan Nepomnyaщiyga qarshi bahs yuritadi.
Turnirning final bosqichi 6-8-sentyabr kunlari Parijda oʻtkaziladi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 175 ming AQSH dollaridan iborat boʻlib, gʻolib 35 ming AQSH dollari egasi boʻlishi mumkin.
Ushbu turnirda hamyurtimizga 4 karra jahon shaxmat toji egasi, 2023-yilda Samarqanda oʻtkazilgan rapid va blis shaxmat boʻyicha jahon chempionati gʻolibi Magnus Karlsen ham raqib boʻlishi mumkin. Turnirda Karlsendan tashqari yana 14 nafar jahonning eng kuchli shaxmatchisi qatnashishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring