Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan bitta jamoada 350 ming yevro uchun kurashadi
Bugun “FIDE World Rapid and Blitz Team Championship 2024” nomli jahonning nufuzli turnirlarida biriga start berildi. 1-6-avgust kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini Qozogʻistonning Ostana shahrida jam qiladigan ushbu turnirda 5 ta shaxmatchimiz turli jamoalarda qatnashmoqda.
Musobaqa ikki formatda “rapid” (har bir oʻyin uchun 15 daqiqa + har bir yurishga 10 soniya) va “blits” (har bir oʻyin uchun 3 daqiqa + har bir yurishga 2 soniya) oʻtkaziladi.
Turnir qoidasiga koʻra, 6-9 kishidan iborat shaxmatchilar jamoaviy tarzda gʻoliblik uchun kurash olib borishadi. Jamoada kamida bitta ayol va bitta FIDE reytingi 2000 ochkoga yetmagan shaxmatchi boʻlishi kerak.
Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov amaldagi chempion “WR Chess Team” tarkibida ishtirok etadi. Ushbu jamoada jahonning 4 karra shaxmat toji egasi Magnus Karlsen, rossiyalik supergroysmeyster Yan Nepomnyaщiy, polshalik Yan-Kshishtof Duda, xitoylik Xou Ifan, hindistonlik Praggnanandhaa Rameshbabu, olmoniyalik grossmeyster Vinsent Keymer, yosh shaxmatchi Vadim Rozenshteyn va Aleksandra Kosteniuklar bor.
Shuningdek, 4 nafar olimpiada chempionlarimizni oʻzida jamlagan “Royal Chess” jamoasi ham chempionlik uchun bahs olib boradi. Ushbu jamoa tarkibidan Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Tohir Vohidov, Daler Vohidov, Marjona Malikova kabi sportchilarimiz oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun, ushbu musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 350 ming yevroni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring