Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida yetakchilar safida
Arxiv surat
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) dunyoning eng kuchli shaxmatchilarining yangilangan reytingi eʼlon qildi.
Unda oʻzbekistonlik yosh isteʼdodli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2765 ochko bilan rasman toʻrtinchi pogʻonada qayd etildi. Hamyurtimiz yaqinda Pragada oʻtkazilgan superturnirda muddatidan avval gʻolib chiqib, onlayn reytingda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-oʻrinni chiqib olgandi.
FIDEning eng kuchli 100 shaxmatchi reytingida Oʻzbekiston vakillaridan Rustam Qosimjonov (2685) 48, Javohir Sindorov (2684) 50, Nodirbek Yaqubboyev (2665) 69-pogʻonada qayd etilgan.
Reytingda norvegiyalik Magnus Karlsen (2830) birinchi pogʻonadan joy olgan.
Eʼtiborli jihati, Nodirbek oʻsmirlar oʻrtasidagi reytingda yetakchilikni oʻz qoʻlida saqlab turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring