Nodavlat taʼlim xizmatlarini litsenziyalash hukumatdagi 2 ta vazirlikka yuklatildi
Foto: Illustrativ
Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻrtasida taqsimlanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining, Sport vazirligining, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining nomlanishi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlimni hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring