NKMK Nurotadagi kambagʻal oilalarga 50 bosh sogʻin sigir tarqatdi

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolari bandligini taʼminlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashish maqsadida Nurota tumanidagi 31 ta mahallada oʻrganish ishlari olib borildi. Viloyat markazidan ancha olisda joylashgan Qizilcha, Temirqovuq, Sentob mahallalarida ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan bir qator oilalar aniqlandi. Kombinat rahbariyati mazkur oilalar hayotini yaxshilash hamda doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgiladi. Shu asosda aksiyadorlik jamiyati homiyligida bir guruh kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 50 bosh sogʻin sigirlar buzoqlari bilan tarqatildi.
— Ushbu oilalardagi mehnatga layoqatli kishilar bandligini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan, — deydi NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Isroil Rahmatov. — Albatta, ularning oyoqqa turib olishi bir-ikki kunning ishi emas. Shu sabab kombinat rahbariyati tomonidan ushbu oilalarga sogʻin sigirlar tarqatishga qaror qilindi. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati Nurota, Gʻozgʻon, Zarafshon, Uchquduq va Tomdi tuman-shaharlariga biriktirilib, davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni amalga oshirish, qolaversa, ehtiyojmand oilalarni aniqlab, ularni kambagʻallikdan chiqarish uchun yashash sharoitlarini yaxshilash, daromad manbasiga ega boʻlish, bandligi va moliyaviy mustaqilligini taʼminlash, sogʻlomlashtirish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ham chora-tadbirlar ijrosi bosqichma-bosqich taʼminlamoqda. Yaʼni oʻrganishlar natijasida tibbiy muolajalarga muhtoj, deb topilgan bir guruh bemorlar hozirgi kunda kombinat sihatgohlarda sogʻlomlashtirilib, tibbiy-sanitariya boʻlimlarida malakali shifokorlar tomonidan davolanmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatimizda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshirilar ekan, bu kabi saʼy-harakatlarda faollik har bir korxona va tashkilotning ustuvor vazifasiga aylanmogʻi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring