Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

12:39 29 Aprel 2025 Jamiyat
265 0

Prezidentning tegishli farmoniga asosan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.

Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi va u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida tashkil etiladi.

2025/2026-oʻquv yilidan boshlab universitetning boshqaruv tizimi “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi. Muassasaning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi. Ushbu OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga birinchi kursdan xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladi.

Shuningdek, akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yoʻlga qoʻyiladi hamda HEMIS axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?