Nijnevartovskdan noyob avtomobillar Samarqandga qarab yo‘l oldi

Bugun “Nijnevartovsk — Samarqand” yo‘nalishida “Pobeda – odna na vsex” nomli noyob-antikvar avtomobillar poygasi boshlanadi.
Rambler xabariga ko‘ra, unda 18 nafar rossiyalik avtohavaskor 1930-1940 yillarda ishlab chiqarilgan yettita “GAZ M-20 “Pobeda” avtomobili bilan yo‘lga chiqishadi.
Poyga ishtirokchilari asosan tashkilotchilar, jurnalistlar, videooperatorlar va blogerlardan iborat.
Avtoralli yo‘nalishi Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston bo‘ylab o‘tadi. Jumladan, yurtimizning Toshkent, Samarqand shaharlarini o‘z ichiga oladi.
Ular 28 aprel kuni Qozog‘istonning Chimkent shahri orqali yurtimizga kirib kelishi rejalashtirilayapti. Poyga ishtirokchilari 1 may kuni Samarqand shahridan ortga qaytishadi.
Ishtirokchilar avtopoyga davomida video va fotosuratlar olishadi, keyinchalik mazkur tadbir haqida videorolik tayyorlashadi. O‘z navbatida, o‘zbekistonlik urush va mehnat faxriylari, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Ikkinchi jahon urushi jangchilariga o‘rnatilgan yodgorliklarga gul qo‘yishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring