Nima uchun yoʻl-transport hodisalarini nazorat qiluvchi xodimlar soni kamaytiriladi?
Xalqaro press-klubning “Davlat dasturi loyihasining davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, sud-huquq sohasini isloh qilish, xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda tashqi siyosat sohalaridagi dolzarb tadbirlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Oliy Majlisning yuqori va qoʻyi palata, Bosh prokuratura, IIV vakillari ishtirok etishdi.
Quyida muhokama qilingan mavzular boʻyicha mutasaddilar tomonidan bildirilgan ayrim fikrlarni keltirib oʻtamiz.
Jahongir Shirinov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi:
— Parlament nazoratiga asosan ilgari hukumat vakili hisoboti eshitilar edi. Endi boshqa organlar va palata rahbarlarining ham hisoboti eshitiladi.
Aziz Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari:
— Respublika boʻyicha yoʻl-transport hodisalarini nazorat qiluvchi 3 ming nafardan ziyod xodimlar bor. Kelgusida zamonaviy raqamli texnikalardan foydalanish evaziga ular sonining kamayishiga erishiladi.
... Respublika boʻylab 10 kun davomida 143 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan va 41 ta oʻlim holati qayd etilgan
Xolmoʻmin Yodgorov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari:
— Statistik maʼlumotlarga qaraganda keyingi vaqtda Oʻzbekistonda oʻgʻrilik va firibgarlik jinoyatlari koʻpaygan. Hatto bu jinoyatlarni oʻziga kasb qilib olgan shaxslar bor.
... Bugun sud amaliyotiga prokuratura, ichki ishlar va boshqa xavfsizlik xizmatlari tomonidan mutlaqo aralashuv yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring