Nikolas Maduro yana prezident bo‘ldi
FOTO: BBC NEWS
Venesueladagi prezidentlik saylovlarida prezident Nikolas Maduro g‘alaba qozondi. Milliy Saylov Kengashi rahbari, Maduroning yaqin ittifoqchisi Elvis Amorosoning ma’lum qilishicha, 80 foiz ovozlar hisoblab chiqilganda Maduro 51,20 foiz, uning asosiy raqibi esa 44,02 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘lgan.
Venesuela muxolifati ovozlarni qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlab, natijalarga e’tiroz bildirmoqda. Ular Maduroning 11 yillik hokimiyatidan keyin uni chetlashtirish uchun Edmundo Gonsales nomzodini ilgari surgan.
Karakasdagi tarafdorlari oldida chiqish qilgan Maduro o‘zining qayta saylanishini tinchlik va barqarorlik g‘alabasi ekanligini aytdi. Shuningdek, u mamlakat saylov tizimini maqtab, shaffof deb ta’riflagan.
AQSH Davlat kotibi natija e’lon qilinganidan keyin o‘z shubhasini bildirgan. Entoni Blinkenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar e’lon qilingan natija Venesuela xalqining irodasi yoki ovozini aks ettirmasligidan jiddiy xavotirda.
Muxolifat vakillari hukumat ovozlarni soxtalashtirishidan qo‘rqib saylov uchastkalariga o‘z guvohlarini jo‘natishgan. Ammo Gonsales boshchiligidagi koalisiya matbuot kotibining aytishicha, ko‘plab guvohlar saylov uchastkalaridan ketishga majbur bo‘lgan.
Ijtimoiy so‘rovlar Gonsalesga Madurodan katta ustunlik bergan. Saylovchilar Ugo Chaves davrida va uning o‘limidan keyin hokimiyatni qo‘lga kiritgan Maduro davrida ham yirik o‘zgarishlardan umid qilib kelgan. Ammo ular nafaqt ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi, balki, sud hokimiyatining katta qismini o‘z nazoratlariga olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada ovoz berish elektron tarzda hisoblanadi. Saylovchilar ovoz berish mashinasida o‘zlariga ma’qul kelgan nomzodga ovoz beradi.
Elektron natijalar Milliy Saylov Kengashi shtab-kvartirasiga yuboriladi. Shu bilan birgalikda mashina qog‘oz kvitansiyani ham chop eta oladi. Undan so‘ng saylov qutisiga joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
- Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring