Nikita Rafalovich eronlik raqibiga osongina magʻlub boʻldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.
Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasidagi oʻz yurishlarini boshladi.
Hamyurtimiz eronlik Arian Salimiga qarshi qiyin kechgan bahsning birinchi raundida 2:8 hisobida magʻlub boʻldi. Ikkinchi raundda esa 1:5 hisobida yutqazib qoʻydi.
Shu tariqa ikkita Olimpiada qatnashgan hamyurtimiz uchinchi Olimpiadasida ham omadsizlikka duch keldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Nikita Igorevich Rafalovich 1993-yil 10 oktabrda tugʻilgan. Nikita 2009 va 2014-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori, 2015-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori hisoblanadi.
Bungacha Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev “Parij-2024”ning boks bellashuvlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring