Nexia 3 yutib olgan fuqaro nega uni ololmay ovora boʻlgandi? Oʻyin tashkilotchilari holatga izoh berdi
Samarqand shahrida yashovchi Doniyor Zubaydov avgust oyida shahardagi Samsung doʻkonidan Huawei smartfonini xarid qilgan va oʻtkazilayotgan aksiyada ishtirok etib, Nexia 3 yutib olgan, biroq yutuqni olishda qiyinchilikka uchragan edi. Yutuqli oʻyin tashkilotchisi “Unique Marketing group” kompaniyasi “Xalq soʻzi Onlayn”ga ushbu holat boʻyicha izoh taqdim etdi.
Qayd etilishicha, 2019-yil 31-avgustda yutuqli oʻyinning uchta gʻolibdan birinchisi aniqlandi hamda Doniyor Zubaydov avtomobil sovrindoriga aylangani haqida xabardor qilindi. Shuningdek, unga tashkilotchi tomonidan avtomobil 2019-yilning 18-oktyabrida (90 kunda) yetkazib berilishi tushuntirilgan.
“Shunday qilib, barcha maʼlumotlar ʼUnique Marketing groupʼ kompaniyasi Doniyor Zubaydovning oldida oʻz majburiyatlarini bajarganligini koʻrsatadi. Avtomobil yutugʻini olish sanasi kechikkanligi gʻolibning quvonchini biroz susaytirgan boʻlishi mumkin, lekin oqibatda hammasi yaxshilik bilan tugadi. Yangi Nexia 3ʼning kaliti oʻz qonuniy sohibiga topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring