Netanyahuning urushni davom ettirishdan asosiy maqsadi nima?

13:24 22 Oktyabr 2024 Dunyo
144 0

Foto: Reuters

Isroil qoʻshinlari oʻtgan hafta Rafahda kutilmagan otishmada HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarni oʻldirdi. Bu xabar Gʻarb sharhlovchilarida qotillik Gʻazoda davom etayotgan urushga hatto Isroil — Falastin mojarosiga chek qoʻyish uchun umid berdi. Ammo Isroil Bosh vaziri janglarni kengaytirish va mumkin boʻlgan sulhni bekor qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda.

Tahlilchilarning aytishicha, Netanyahu oʻz mamlakatini shaxsiy manfaatlar uchun urush holatida ushlab turish, falastinliklarni quvib chiqarish va ularning yerlarini bosib olish haqidagi Isroilning ekspansionistik orzusini amalga oshirish uchun boshqa bahonalar izlamoqda.

Netanyahuning qoʻrquvi

Netanyahu uzoq yillar davomida panjara ortida oʻtirishi mumkinligi sababli hokimiyatni yoʻqotishdan qoʻrqadi. U 2019-yilda uchta alohida ish boʻyicha ayblangan. Bular firibgarlik, poraxoʻrlik va ishonchni suiisteʼmol qilish. Agar u aybdor, deb topilsa, 10-yilgacha qamoq jazosini oʻtashi mumkin. Ayblovlarga koʻra, Netanyahu matbuotdagi ijobiy xabarlar uchun media magnatlarga sovgʻalar taklif qilgan.

Bir yil oʻtib u beshinchi muddatga bosh vazir etib saylandi. Uning oʻta oʻngchi parlament koalitsiyasi hukumatga sudyalarni tayinlash, sud nazoratini cheklash va hatto sud ustidan hukmronlik qilish imkonini berish orqali mamlakat sud tizimiga putur yetkazadigan qonunlarni qilgani maʼlum.

Ayni paytda Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Netanyahu va uning mudofaa vaziri Yoav Gallantni Gʻazodagi vahshiyliklari uchun hibsga olish uchun order berishni soʻragan.

Tahlilchining aytishicha, Isroil — Falastin mojarosi boʻyicha Netanyahu doimiy ravishda bahona izlaydi. Bu esa yanada koʻproq ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. U isroilliklarni qamal yoki urush holatida ekaniga ishontirmoqchi. Bu uning ularni nazorat qilish va hokimiyatda qolish usuli hisoblanadi.

Shanba kuni “Hizbulloh”ning uchuvchisiz samolyoti Isroil yetakchisining Kesariyadagi uyiga hujum qildi. Biroq Netanyahuning taʼkidlashicha, hujum Eron agentlari tomonidan sodir etilgan. Baʼzi tahlilchilar uning bu ayblovi urushni Gʻazo sektori va Livan guruhidan tashqari Eronda ham qamrab olish uchun zamin yaratayotganiga ishonishadi.

Gʻazo 2007-yilda Isroil tomonidan qamal qilinganidan beri azob chekayotgan edi. Turmush darajasi shu darajaga qadar yomonlashdiki, xalqaro kuzatuvchilar va dunyo rahbarlari tez orada uni “dunyodagi eng katta ochiq qamoqxona” deb atay boshladilar.

Isroil 2005-yilda Gʻazoni jismoniy ishgʻol qilishni endigina tugatib, oʻz harbiylarini olib chiqib ketgan edi. Isroillik koʻchmanchilar koʻchib kelgan noqonuniy aholi punktlarini boʻshatdi. Ammo bu harakatlar falastinliklarga hudud va davlat huquqini berish bilan aloqasi yoʻq edi.

Isroilning oʻsha paytdagi Bosh vaziri Ariel Sharon shunchaki Gʻazodagi isroillik koʻchmanchilar falastinliklar tomonidan qurshab olinganiga, bu ularni xavfsizlik idoralariga qoʻshimcha yuk boʻlishiga ishongan. U Gʻazodan chiqib ketishni va Gʻarbiy Sohildagi aholi punktlarini kengaytirishni afzal koʻrdi.

Isroil avval ham Falastin rahbarlarini oʻldirib kelgan va bundan keyin ham ushbu ishini davom ettiradi. Chunki ular Falastin hududini va suverenitetini berishni istamagan. Natijada Isroil doimiy mojaroga tushib qoldi. Netanyahu bu tendensiyani davom ettirmoqda.

Juma kuni u Isroil qolgan isroillik asirlarni qutqarish uchun Gʻazoga hamda Livanga qarshi urushni davom ettirishi kerakligini aytdi.

Ekspertlarga koʻra, Sinvarning oʻldirilishi HAMASni boshqaruv nuqtayi nazaridan yanada yomonlashtiradi. Ammo tashkilot buzilmaydi, uning markazlashgan rahbariyatisiz jangchilar oʻz ishini davom ettiraveradi va Falastin qarshiliklari tugamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер