Netanyahuning afsusi yoxud dunyo hamjamiyati Isroilning Gʻazo shifoxonasiga qilgan dahshatli hujumidan gʻazabda

Kecha, 25-avgust kuni Isroilning Gʻazodagi Nosir shifoxonasiga bergan havo zarbalari oqibatida halok boʻlgan falastinliklar soni 21 nafarga yetdi. Mazkur hujum qator mamlakatlar va tashkilotlar tomonidan keskin qoralangan. Bu haqida “Al jazeera” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, shifoxonaga uyushtirilgan havo zarbasi oqibatida halok boʻlgan falastinliklar orasida besh nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari ham boʻlgan. Bu holat qator dunyo mamlakatlari va tashkilotlarining noroziligiga sabab boʻlgan.
Jumladan, Kanada, Misr, Eron va Saudiya Arabistoni Isroilning Nosir kasalxonasiga uyushtirgan hujumlarini qoralab, ushbu hujumni “vahshiyona urush jinoyati” deb atalgan.
Xalqaro inson huquqlari va insonparvarlik tashkilotlari, jumladan Chegara bilmas shifokorlar va Xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tibbiyot xodimlari nishonga olingan mazkur hujumdan gʻazabda ekanini bildirgan.
Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong dushanba kuni Isroilning Nosir kasalxonasiga qilgan hujumidan soʻng eʼlon qilgan bayonotida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuni zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.
“Shifoxonaga qilingan hujum, koʻrganlarimiz ichidagi eng dahshatli va qabul qilib boʻlmas harakat boʻldi. Biz Isroil bosh vaziri Netanyahudan dunyo chaqirigʻiga quloq solishini va oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishini soʻraymiz. Bu urushga zudlik bilan barham berish kerak”, — deydi Penni Vong oʻz bayonotida.
Koʻplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Isroilning shifoxonaga hujum qilishi, oqibatda shifokorlar va jurnalistlarning halok boʻlishi hududdagi haqiqiy vaziyatni yashirish uchun hukumat tomonidan ishlab chiqilgan maxsus tizim ekanini taʼkidlagan.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Gʻazodagi Nosir shifoxonasiga berilgan havo zarbalarini fojiali baxtsiz hodisa deb atagan va mazkur hujumdan chuqur afsusda ekanini bildirgan.
Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Isroil askarlarining Gʻazoga qilgan hujumlari oqibatida 61 nafar falastinlik halok boʻlgan. Soʻnggi qurbonlar orasida bir oilaning 7 nafar aʼzosi, Xon-Yunis shahridagi chodirda yashayotgan 6 nafar shaxs, jumladan, bolalar qurbon boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring