Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

16:32 09 Oktyabr 2024 Dunyo
256 0

Foto: AP

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.

Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda “Hizbulloh” oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. “Hizbulloh” tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.

“Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek vayronagarchilik va azob-uqubatlarga olib keladigan, uzoq davom etayotgan urushga tushib qolishdan qutqarish imkoningiz bor”, dedi Netanyahu murojaatda.

Uning bu keskin ogohlantirishi Isroil harbiylari Livanga qoʻshimcha qoʻshin kiritib, janubiy qirgʻoq hududlari va poytaxt Bayrutning janubiy chekkalaridagi aholini evakuatsiya qilishni buyurgan paytga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, Isroil “Hizbulloh”ning Bayrutdagi nishonlariga zarba berganini aytganidan soʻng guruh Hayfa va uning chekka hududlariga raketa uchirgan, ularning bir qanchasi tutib qolingan.

Isroil oʻn minglab isroilliklarning shahar va aholi punktlariga qaytishiga imkon berish uchun Livan bilan shimoliy chegarasini himoya qilishga vaʼda berdi.

Shu qatorda Gʻazodagi Falastinning HAMAS va Livanning “Hizbulloh” guruhlari Isroilga qarshi chiqishga shayligini bildirdi. Xususan, “Hizbulloh” yetakchisi oʻrinbosari Naim Qosim guruh isroilliklarning shimolga qaytishiga imkon bermasligini aytdi.

Isroil hujumlari Livanning janubiy va sharqiy qismiga, shuningdek, janubiy va markaziy Bayrutga qaratilgan boʻlib, bir milliondan ortiq odamni oʻz uylarini tashlab ketishga majbur qildi.

Harbiy va xavfsizlik boʻyicha tahlilchi Ilyos Magniyerning aytishicha, Naim Qosim “Hizbulloh”ning matbuot kotibi boʻlgan.

“Bu uning soʻnggi bir necha hafta ichida Livanga qarshi urush boshlanganidan keyingi ikkinchi chiqishi. U oʻziga ishongan, xotirjamroq, oʻzini yaxshi tutmoqda”, dedi tahlilchi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер