Nepal qamoqxonalaridan 15 mingdan ortiq mahbus qochib ketdi
Nepalda noqonuniy tartibsizliklar paytida 15 mingdan ziyod mahbus qamoqdan qochib ketdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, ommaviy qochish holatlari mamlakatning turli shaharlaridagi 25 ta turmada qayd etilgan. Ular orasida qotillik, zoʻrlash, odam oʻgʻirlash va odam savdosi uchun hukm qilingan shaxslar ham bor.
Qochqinlarni qidirish va qoʻlga olish uchun armiya va politsiya safarbar qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 4-sentyabr kuni Nepal hukumati qator ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklagan edi. Ortidan 8-sentyabrdan boshlab Katmandu va boshqa yirik shaharlarda ommaviy norozilik namoyishlari avj oldi. Keyinchalik hukumat cheklovlarni bekor qildi.
Tartibsizliklar ortidan mamlakat bosh vaziri Sharma Oli isteʼfo berdi. Norozilar davlat muassasalari, jumladan parlament, Oliy sud va prokuratura binolarini yoʻqqa chiqardi, ayrim siyosatchi va amaldorlarning uylariga hujum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring