Nemislar “sheryurak shotlandlar”ga imkon qoldirmadi. Kimlar oʻzini koʻrsatdi?

02:48 15 Iyun 2024 Sport
319 0

Foto: GETTY IMAGES

Germaniya yashil maydonlarida “Yevropa chempionati-2024” start oldi.

Ochilish oʻyinida mezbonlar Shotlandiya terma jamoasiga hech qanday imkon qoldirmadi. Gollarga boy kechgan oʻyin 5:1 hisobida nemislar foydasiga hal boʻldi.

Oʻyinning 10-daqiqasida Florian Virs hisobni ochgan boʻlsa, 9 daqiqa oʻtib Jamal Musiala oʻz nomiga gol yozdirib qoʻydi.

Shotlandiyalik markaziy himoyachi Rayan Porteus birinchi taym yakunida jarima maydoni ichida raqib oʻyinchisiga qoʻpollik ishlatdi va maydondan chetlatilib, penalti belgilandi. “Arsenal” hujumchisi Kay Harvers esa oʻziga berilgan imkoniyatni yoʻqqa chiqarmadi.

Ikkinchi taymda esa zaxiradan maydonga tushgan “Borrussiya Dortmund” klubi hujumchisi Niklas Fyullkrug hisobni 4:0 hisobiga keltirib qoʻydi. Mezbonlar safidagi soʻnggi golni Emri Jan kiritdi.

Shotlandiyaning yagona golini ham nemislar oʻz hisoblariga yozdirib qoʻydi. Jarima zarbasidan soʻng yoʻllangan zarba Antonio Rudigerning boshiga tegib Manuel Noyer darvozasidan joy oldi. Shu tariqa turnirning birinchi bahsi yakunlandi.

Ushbu bahs Olmoniya musobaqaga yaxshi tayyorgarlik koʻrganini yaqqol koʻrsatib berdi.

Yevropa chempionatida 24 ta jamoa 6 guruhga boʻlingan holda kuch sinashmoqda. Nizomga koʻra, birinchi va ikkinchi oʻrinni olgan 12 ta terma jamoa play-off oʻyinlariga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma oladi. Barcha guruhlardan eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta terma jamoa ham keyingi bosqichga chiqadi.

Oʻyinda kiritilgan gollarni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер