«Neyrokraft» loyihasi gʻoliblari munosib taqdirlandi
Rahmatjon BOBOJONOV/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi yurtimizdagi navqiron avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, salohiyatini oshirish va rivojlantirib borish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Qayd etish joizki, bu saʼy-harakatlar mamlakatimizdagi yoshlarga oid davlat siyosati bilan uygʻun ravishda olib borilmoqda hamda talabalarni qoʻllab-quvvatlash, kelajak uchun salohiyatli, tashabbuskor kadrlar zaxirasini yaratishda yaqindan koʻmaklashmoqda.

Joriy yilning iyun oyida fond tomonidan amalga oshirilgan “Neyrokraft” loyihasi ham soʻzimizning tasdigʻidir. Mazkur loyiha yoshlarni zamonaviy texnologiyalarga jalb qilish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishni koʻzda tutadi.
Loyihaning birinchi oqimi doirasida 20 nafardan ziyod ishtirokchi taʼlim dasturida qatnashdi. Ular 9 ta ustozlar darslari (master-klass) orqali sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida bilim hamda koʻnikmalarga ega boʻldi. Bir oy davomida yoshlar faol oʻqib-oʻrganib, yangi bilimlar oldi va ularni amaliyotda qoʻllashni oʻrgandi.

Oʻtgan hafta loyiha gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazilib, eng faol va tashabbuskor ishtirokchilar aqlli soat, zamonaviy gadjet va boshqa qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Ushbu loyiha unda ishtirok etgan yoshlar hayotida yangi sahifa ochdi va, ishonamizki, bu kelajakda ham oʻz mevasini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring