Neymar jahon chempionatida boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin
Foto: Reuters
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Qatarda oʻtayotgan jahon chempionatining 1-turi doirasida Serbiyaga qarshi uchrashuvda olgan jarohatiga izoh berdi.
“Bugun butun faoliyatimdagi eng ogʻir kunlardan biri boʻldi... Men jarohat oldim, ammo ishonchim komilki, men bu turnirda oʻynash imkoniyatiga ega boʻlaman va jamoadoshlarimga yordam bera olaman, deb oʻylayman”, deydi Neymar.
Avvalroq, Braziliya terma jamoasi shifokori Neymar jahon chempionatining 2-turida maydonga tushmasligini tasdiqlagan edi.
30 yoshli hujumchi Serbiyaga qarshi oʻyinda oʻng toʻpigʻi payini shikastlab olgan. Ushbu uchrashuvda Braziliya 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Har ikki gol ham hujumchi Risharlison tomonidan raqib darvozasiga kiritildi.
Braziliya keyingi turda Shveysariya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 28-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Guruh bosqichidagi soʻnggi turda braziliyaliklar Kamerun bilan bellashadi. Mazkur oʻyin 2-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring