Neymar Mbappega, Dembele Grizmanga, Vlahovich esa Holandga qarshi: Yangi formatdagi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga qurʼa tashlandi

2025-yil 15-iyundan 13-iyulgacha AQSH mezbonlik qiladigan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga qurʼa tashlandi. Turnir yangi formatda oʻtkaziladi va dunyo boʻylab eng kuchli klublarni oʻzida yigʻadi. Chempionatda 32 ta jamoa 8 ta guruhga boʻlingan holda kuch sinashadi.
“A” guruhida “Palmeyras” (Braziliya), “Portu” (Portugaliya), “Al Ahli” (Misr) va “Inter Mayami” (AQSH) jamoalari toʻqnash keladi. Bu guruhda asosiy eʼtibor “Palmeyras” va “Portu” oʻrtasidagi bellashuvga qaratilgan. Shuningdek, Lionel Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” muxlislar uchun katta qiziqish uygʻotishi aniq. Afrikaning yetakchi klubi “Al Ahli” ham oʻz kuchini namoyon etishga intiladi.
“B” guruhida “PSJ” (Fransiya), “Atletiko” (Ispaniya), “Botafogo” (Braziliya) va “Sietl Saunders” (AQSH) raqobatlashadi. Parij jamoasi Kilian Mbappe jamoani tark etgach, Barkola, Dembele va Vitiniya boshchiligida chempionlik uchun asosiy daʼvogar hisoblanadi. “Atletiko”ning tajribasi va intizomi ushbu guruhni yanada qiziqarli qiladi. Shuningdek, “Botafogo” va “Sietl Saunders” ham oʻz kuchli tomonlarini koʻrsatishi kutilmoqda.
“C” guruhi “Bavariya” (Germaniya), “Benfika” (Portugaliya), “Boka Xuniors” (Argentina) va “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya) jamoalarini birlashtirgan. “Bavariya” va “Benfika” oʻrtasidagi raqobat, ayniqsa, diqqatga sazovor. Buning ustiga, “Boka Xuniors” Argentina futboli vakillari sifatida koʻpchilikning eʼtiborida. Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” jamoasi esa kutilmagan natijalarni qayd etishga harakat qiladi.
“D” guruhida “Flamengo” (Braziliya), “Chelsi” (Angliya), “Leon” (Meksika) va “Esperans” (Tunis) oʻyinlari oʻtadi. “Flamengo” va “Chelsi”ning uchrashuvi muxlislar uchun katta shou boʻlishi kutilmoqda. Meksikaning “Leon” jamoasi ham anʼanaviy ravishda juda kurashuvchan. “Esperans” esa Afrika sharafini munosib himoya qilishiga ishonilyapti.
“E” guruhi “River Pleyt” (Argentina), “Inter” (Italiya), “Monterrey” (Meksika) va “Urava Reds” (Yaponiya)dan iborat. Argentinaning mashhur klubi “River Pleyt” ushbu guruhda favorit hisoblanadi. “Inter” ushbu guruhda yaqqol yetakchi sifatida koʻrilayotgan boʻlsa-da, “River Pleyt” luchli raqobat uygʻotishi kutilmoqda. “Monterrey” va “Urava Reds” ham oʻz muxlislarini xursand qilishga harakat qiladi.
“F” guruhida “Fluminense” (Braziliya), “Borussiya Dortmund” (Germaniya), “Ulsan” (Janubiy Koreya) va “Mamelodi Sandauns” (JAR) ishtirok etadi. Bu guruhda yaqqol favorit jamoa yoʻq deyish ham mumkin. “Borussiya D”ning imkoniyatlari yuqori boʻlsa ham, oldindan hech nima deb boʻlmaydi. “Fluminense” Braziliya futboli sharafini himoya qiladi. Janubiy Koreya va JAR klublari kutilmagan natijalarni yaratishga imkoniyati ham salohiyati ham yetadi.
“G” guruhida “Manchester Siti” (Angliya), “Yuventus” (Italiya), “Vidad” (Marokash) va “Al Ayn” (BAA) jamoalari oʻzaro bellashadi. “Manchester Siti” ushbu musobaqada favoritlardan biri sifatida koʻrilmoqda. “Yuventus” garchi inqirozli davrda boʻlsa ham, kuchli raqobat qila oladi. “Vidad” va “Al Ayn” esa musobaqada oʻz omadini sinab koʻradi.
“H” guruhida “Real Madrid” (Ispaniya), “Zalsburg” (Avstriya), “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni) va “Pachuka” (Meksika) joy olgan. Ispaniyaning “Real” jamoasi va “Osiyoning hozirdagi eng kuchli klubi sanalgan “Al Hilol” oʻrtasidagi bahs nomlar jangiga aylanib ketishi mumkin. “Zalsburg”ning yosh iqtidorlari katta kutilmalar bilan maydonga tushadi. “Al Hilol” va “Pachuka”ning ishtiroklari musobaqaga yanada qiziqish qoʻshadi.
Yangi formatdagi ushbu musobaqa dunyo futbol muxlislari uchun katta qiziqish uygʻotmoqda. AQSHda oʻtadigan ushbu turnir futbolda yangi sahifa yozishga xizmat qilishi aniq. Har bir guruhdagi uchrashuvlar muxlislarga unutilmas taassurotlar taqdim etishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring