Nazorat inspeksiyasining bosh mutaxassisi pora olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi
Samarqand viloyatida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining bosh mutaxassisi pora olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi.
Maʼlum qilinishicha, Inspeksiyaning Samarqand viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi Paxtachi tumanida joylashgan MCHJlardan biriga qarashli gʻisht zavodida oʻtkazilgan nazorat tekshiruvi vaqtida aniqlangan kamchiliklarni boʻrttirib koʻrsatgan.
U gʻisht zavodida goʻyoki 226 million soʻmlik sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilinganini aytgan. Soʻngra, rasmiy bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida 226 million soʻm miqdoridagi jarimani 25 million soʻmgacha kamaytirish evaziga 3 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu bosh mutaxassis oʻz xizmat xonasida 2 ming 500 AQSH dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (mansabdor shaxs tomonidan pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirda ushbu holat boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring