Nazarovlar oilasi “Ibratli oila“ maqomiga munosib

Qarshi shahrida 15 may - Butunjahon oila kuni oldidan “Ibratli oila“ koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi tarkibida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilarning oila-aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyat boʻlinmalaridagi xizmati davomida hurmat-eʼtibor qozongan, mahalladagi qoʻni-qoʻshnilar bilan yaqin munosabat oʻrnatib, farzand tarbiyasida boshqalarga ibrat boʻlayotgan harbiylar oilalari ishtirok etdi.
Tanishtiruv, erkin mavzuda sahna koʻrinishi hamda intellektual salohiyatni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bellashgan oilalarning chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomi mezonlari asosida baholab borildi. Yakunda Qashqadaryo viloyatidan qatnashgan Nazarovlar oilaviy jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tanlovning navbatdagi bosqichiga yoʻl oldi.
Tadbir doirasida koʻrgazmali kitob yarmarkasi hamda konsert dasturi namoyish etildi.
A. Muhammadiyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring