“Navoiyuran”ning yangi konlari oʻzlashtiriladi

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. “Navoiyuran” mamlakatimizning mahsuloti yuz foiz eksportga yoʻnaltirilgan davlat korxonasi hisoblanadi. Faoliyatining barqarorligi nainki, valyuta tushumi, balki respublikamizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborida ham muhim ahamiyatga ega.
Navoiy kon metallurgiya kombinati tarkibidagi uran ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tuzilmalarning birlashishi “Navoiyuran” davlat korxonasi hayotida muhim burilish yasadi.
— Korxonamizda uran ishlab chiqarish rejasi 110 foizga bajarildi, — deydi “Navoiyuran” davlat korxonasi direktori Jamol Fayzullayev. — Geologiya-qidiruv ishlar koʻrsatkichi mahsuldor eritmalarni qayta ishlash hajmi 122 foizga, uran qazib olish 111 foizga yetdi. Natijada, eksport hajmi koʻrsatkichlari 183 foiz, oʻtgan yilga nisbatan, 167 foizga koʻtarildi.
Investitsiya dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida korxonamizda 48,5 mln dollar kapital qoʻyilma oʻzlashtirilib, 48 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Korxonaning navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishida ham korxonaga 23 ta burgʻilash uskunasini olib kelish, dizel elektr stansiyalari va boshqa zarur tovar moddiy boyliklarini xarid qilishni tezlashtirish borasida fikr almashildi. Uran ishlab chiqarish zavodidagi pechning zarur ehtiyot va butlovchi qismlarini olib kelish qatʼiy nazoratga olindi. Xitoyning CNUC kompaniyasi bilan imzolangan Strategik kelishuvga muvofiq “Yoʻl xaritalari” ijrosini oʻz vaqtida taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Geologiya-qidiruv maʼlumotlarini raqamlashtirish boʻyicha “qora slanes” turdagi “Jontuar”, “Koscheka” hamda “Maʼdanli” konlarining 3D modellarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini onlayn kuzatib borish boʻyicha raqamli texnologiyalarni joriy etish choralari koʻrildi.
Shuningdek, yigʻilishda korxonaning geologiya boʻyicha direktori 25 ta obyektda jami, 906 ming metrdan ortiq burgʻilash ishlarini bajarish, geologiya-qidiruv ishlari natijasida uran zaxiralarini 2024-yil yakuni bilan jami, 8 025,0 tonna va uranning kelgusi resurslarini 10 ming tonnaga yetkazishni taʼkidlab oʻtdi.
Bundan tashqari, Shimoliy Boʻkinoy, Aqtau, Aulbek, Nurkon, Moybuloq konlari boʻyicha yakuniy geologik hisobotlar tuzilib, Davlat zaxiralari komissiyasida jami, 22 000 tonna uran zaxiralarini tasdiqlash rejalashtirilganligi haqida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring