«Navoiyuran»da ishlab chiqarish uch baravarga oshiriladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Temur ESHBOYEV/ «Xalq soʻzi». Navoiy viloyatining Zafarobod qoʻrgʻonida «Navoiyuran» davlat korxonasi mehnatkashlari, faxriylar, xalqaro hamkorlar hamda soha fidoyilari Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni kasb bayrami nishonlashdi.
Tantanali tadbirda kasb bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining «Navoiyuran» davlat korxonasi mehnat jamoasiga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.
Tabrikda mamlakatimiz hayotida muhim oʻrin tutuvchi ushbu korxonaga davlatimiz rahbari tomonlaridan yuksak ishonch bildirilib, strategik islohotlarning yangi bosqichi boshlangan bugungi kunda butun xalqimiz, jumladan, «Navoiyuran» davlat korxonasi jamoasi oldida ham gʻoyat muhim vazifalar turganligi, xususan, 2030-yilga qadar korxonada 550 million dollarlik 11 ta loyihani amalga oshirish orqali, uran zaxiralarini 100 ming tonnaga yetkazish, ishlab chiqarishni 3 barobarga oshirish koʻzda tutilishi alohida taʼkidlangan.
Tadbirda Respublika togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari, «Navoiyuran» davlat korxonasi Bosh direktori Jamol Fayzullayev tizimda mehnat faoliyatini olib borayotgan konchi va metallurglarni va barcha soha xodimlarini bayram bilan tabriklab, Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni kasb bayrami munosabati bilan 9 nafar soha ilgʻorlariga II va III darajali «Konchilik shuhrati» koʻkrak nishoni, 16 nafariga Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining «Faxriy yorliq»larini topshirdi.
Bayram shodiyonalari Zafarobod qoʻrgʻonidagi oʻyingohda tantanali konsert dasturi bilan davom etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring