“Navoiyuran” DK eng yuqori xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-iyuldagi “2022 — 2030-yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Navoiyuran” davlat korxonasi oʻzini jahon moliya bozorlarida zamonaviy va barqaror kompaniya sifatida tanitish, investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida izchil transformatsiya jarayonlarini amalga oshirmoqda.
Oʻtgan yili korxona tomonidan mineral xom ashyo bazasining ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirish, tannarxini tushirish boʻyicha qilingan ishlar xalqaro Fitch Ratings agentligi tomonidan munosib baholandi. “Navoiyuran” DKga uzoq muddatli defolt reytingi (Long term issuer default rating) BB-, yakkalangan kredit profili (Stand alone credit profile) BB- ekanligini belgilab berdi.
— Ushbu reyting “Navoiyuran” DK respublikamiz yirik sanoat davlat korxonalari oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egallaganini bildiradi, — deydi korxona Bosh direktorining strategik rivojlanish va transformatsiyalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Hasan Haydarov. — Jahon investorlari uchun muhim baholash manbai boʻlgan Fitch Ratings oʻz hisobotida korxonamiz tomonidan olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijadorligi oshgani, mineral xom ashyo bazasi oʻsgani, ishlab chiqarish xarajatlari sohadagi nufuzli uran ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarga nisbatan eng pastligi, uning transformatsiya jarayonlari muttasil davom ettirayotganligiga alohida eʼtibor qaratdi.
Eʼtirof etish joizki, Buyuk Britaniyaning SRK Consulting kompaniyasi xulosasiga koʻra, korxona tasarrufidagi konlar uran zaxiralari Avstraliyaning JORC standartlariga muvofiq 115,6 ming tonnani tashkil etdi.
Shu bilan birga, “Navoiyuran” DKning 2024-yil moliyaviy hisobotlariga “Katta toʻrtlik” (BIG FOUR) safiga kiruvchi Deloitte xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan yana “ijobiy” auditorlik xulosasini berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring