Navoiydagi saunada qingʻirliklar fosh etildi

17:38 17 Oktyabr 2018 Jamiyat
3531 0

“Xalq soʻzi Online”. Temur Eshboyev/Navoiy. Navoiy shahridagi “Ruskaya dusha” saunasida massajchi xodimaning qoʻshimcha pul evaziga “intim” xizmat koʻrsatishi fosh etildi.

Aslida mazkur saunada joriy yilning 27 iyun kunida ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 1987 yil Samarqand viloyati Narpay tumanida tugʻilgan fuqaro S. N. qoʻshimcha toʻlov evaziga mijozlarga intim xizmat koʻrsatayotganligi rad etib boʻlmas ashyoviy dalillar bilan fosh etilgan va fuqaroga maʼmuriy ishlar boʻyicha Navoiy shahar sudi tomonidan jazo tayinlangan edi.

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Navoiy viloyat IIB hamda shahar IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida ushbu saunada massajchi boʻlib ishlayotgan K.L. nazoratdagi mijoz sifatida kirgan fuqarodan maʼlum miqdordagi mablagʻ evaziga buzuqlik bilan shugʻullanayotgan vaqtda ushlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер