Navoiyda oʻgʻil uyni nomiga oʻtkazishni talab qilib keksa onasini kaltakladi

21:36 17 Noyabr 2018 Jamiyat
2073 0

“Xalq soʻzi Online”. Temur Eshboyev. Navoiy shahrida 78 yoshli onasiga qoʻl koʻtargan 50 yoshli fuqaroga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Navoiy shahrilik J. K. oʻgʻrilik jinoyati uchun yaqinda sudning qora kursisida bir bor oʻtirgan edi. Oʻshanda unga oilaviy sharoiti, salomatligi inobatga olinib, sud ozodlikni cheklash bilan bogʻliq jazoga hukm chiqargan edi.

Bu insonparvarlikdan oʻziga tegishli xulosa chiqarmagan J.K. spirtli ichimlik taʼsirida bundan-da mudhishroq jinoyatni sodir etdi. U78 yoshli onasini “uyni mening nomimga oʻtkazib berasan”, deb urib, jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazdi.

Sud J.K.ga nisbatan yana insonparvarlik namunasini namoyish etdi. Uning ogʻir xastaligi inobatga olinib, ozodlikni cheklash bilan bogʻliq jazo tayinlandi. Qoʻni-qoʻshni va onaizor J.K. bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarar degan umidda. Axir, aytishadi-ku, “kechiraman, kechiraman, kech uraman”, deb.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?