Navoiyda Konstitutsiya kuni keng miqyosda nishonlandi
Navoiy viloyatida ham 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kun tinch va osoyishta hayot, farovon turmushning qonuniy kafolati, erishilgan barcha yutuqlarning mustahkam tayanchi sifatida keng miqyosda nishonlandi.
Bayram arafasida viloyat bunyodkorlari tomonidan oʻnlab ijtimoiy soha obyektlari va madaniy maishiy inshootlar foydalanishga topshirilib, saxovatpesha kishilar koʻmagi bilan yuzlab oilalarga bayram kayfiyati tuhfa etildi.

Bayramning bosh tantanasi Navoiy shahridagi “Farhod” Madaniyat saroyiga barcha shahar va tumanlardan tashrif buyurgan mehnat ilgʻorlari, mahalla faollari va ilm ahli hamda yoshlarni toʻpladi.
Anjuman avvalida viloyat hokimi N. Tursunov tantana ishtirokchilarini Konstitutsiyasi kuni bilan qutlab, 2023-yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi orqali yangi tahrirda qabul qilingan Asosiy Qonunimiz mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yoʻlida yana bir muhim qadam sifatida xalqimizning oʻz kuchi va salohiyatiga boʻlgan ishonchi naqadar mustahkam ekani, uning siyosiy-huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi, Vatanimizning buguni va ertangi taqdiri uchun daxldorlik hissi tobora ortib borayotganini amalda yaqqol namoyon etganligini taʼkidladi. Konstitutsiya erishilayotgan yutuqlarning poydevori boʻlayotganligiga viloyat boʻyicha aniq misollar orqali eʼtibor qaratdi.

— Uzoq yillar davomida oʻtkir buyrak yetishmovchiligi kasalligidan azob tortdim, — deydi nurotalik Keldiyor Soyipov. — Ochigʻi, hayotdan umidimni uzgan edim. Oʻtgan yili viloyatdagi shifoxonada buyrak koʻchirib oʻtqazilib, darddan forigʻ boʻldim. Albatta, bu mamlakatimizda inson qadri ulugʻlanib, uning manfaatlari, konstitutsiyaviy huquqlari taʼminlanganligining ifodasi. Shu jihatdan ushbu bayramni eng ulugʻ bayram, deb bilaman.
Anjumanning badiiy qismida viloyat sanʼat ustalari va estrada yoʻnalishidagi yosh sanʼatkorlar ijrosida Katta bayram konsert dasturi namoyish etildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring