Navoiyda armiyaga chaqiriluvchidan 4,5 mln soʻm pora talab qilgan shifokor ushlandi

11:00 08 Aprel 2019 Jamiyat
1616 0

Muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirish maqsadida doimiy tibbiy chaqiruv komissiyasi tarkibiga kiritilgan, Navoiy viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi tibbiy xizmat koʻrsatish boʻlimi dermatolog shifokori lavozimida ishlovchi 1978-yilda tugʻilgan R.R. fuqaro A.B dan oʻz xizmatini oʻtashda yordam berish maqsadida pul tama qiladi.

Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda,dermatolog R.R. viloyat Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi Chaqiriluvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻlimi binosidagi xizmat xonasida talab qilgan 4 mln. 500ming soʻm pullarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?