Navoiy viloyatida Tanzila Narbayeva rahbarligida milliy kengashning sayyor majlisi boʻlib oʻtdi
2025-yil 4-iyun kuni Navoiy viloyatining Konimex tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning sayyor majlisi boʻlib oʻtdi. Unda viloyatda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari atroflicha tahlil qilindi.
Majlisda ayrim hududlarda huquqbuzarliklar sonining ortib borayotgani va aholining huquqiy savodxonligi yetarli emasligi muhim muammo sifatida koʻrsatildi. Shu bois, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimliklar va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Aholi bilan tizimli ish olib borish, huquqiy madaniyatni oshirish va jinoyatchilikning ildiziga qarshi kurashish borasida takliflar bildirildi.
Raqamli tahlillarga koʻra, 2024-yilda viloyatda jami 4 120 ta jinoyat qayd etilgan. Ularning 31,3 foizi — 1 289 tasi oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar, 25 foizi — 1 021 tasi aniqlash imkoniyati mavjud jinoyatlar, 44 foizi — 1 810 tasi esa axborot texnologiyalariga bogʻliq jinoyat turlaridir. Ayniqsa, korrupsiyaviy jinoyatlar sogʻliqni saqlash (4 ta oʻzlashtirish, 3 ta firibgarlik) va bank tizimida (11 ta oʻzlashtirish) koʻproq aniqlangan.
Majlisda aholining huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaviy xavf omillarini kamaytirish, mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, profilaktika ishlarini izchil olib borish va hududlardagi xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga, shaffoflikni kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va muammolarni hal etishda yangicha yondashuvlarni joriy etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida davlat organlari bilan jamoatchilik oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini oshirish va fuqarolarning rozi boʻlib yashashi uchun zarur choralarni koʻrish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur yigʻilish, korrupsiyaga qarshi kurash va jinoyatchilikni kamaytirish borasida yangi bosqichni boshlab berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring