Navoiy shahri yana ekologik tahdid ostida

18:13 01 Avgust 2025 Jamiyat
163 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Bundan bir necha hafta avval Navoiy shahri osmoni surunkali ravishda och-sariq tutun bilan qoplanib, havoning ifloslanganligi aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi. Mazkur holatga barham berilib, atmosferada muvozanat tiklanar-tiklanmas, navoiyliklar yana shu bedodlikdan aziyat cheka boshlashdi. Shahardagi havoning ifloslanish sabablari Respublika ekologiya vazirining topshirigʻi asosida oʻrganilganida uning hududi va atrofidagi bir necha sanoat korxonalari atmosferaga meʼyordan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani aniqlangan.

Ushbu korxonalarning faoliyati vaqtincha toʻxtatilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun 10 kun muddat berilgan. Bartaraf etishmasa, sud orqali faoliyati butunlay toʻxtatilishidan ogohlantirilgan.

Ayni chogʻda “Sogda Kimyo Zavod” MCHJ — ekologik xulosasiz ishlagan, chiqindilarni betartib saqlagan uchun unga 7,3 mlrd soʻmlik zarar hisoblangan. “Ferrosplav” MCHJ ruxsatsiz ishlab, iflos moddalarni havoga chiqargani, “Zarafshon Industrial Technolog” MCHJ esa belgilangan meʼyorlardan koʻp iflos moddalar tarqatgani hamda shahar va unga tutash hududlardagi 168 ta korxonaning faoliyati oʻrganilmoqda. Shu kunga qadar 42 tasida qonunbuzarlik aniqlangan. 22 ta korxona faoliyati vaqtincha toʻxtatilib, 19 tasi boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritilgan.

Respublika kimyo sanoatining yirik korxonasi “Navoiy azot” AJda oʻtkazilgan oʻrganishlarda esa meʼyordan ogʻish holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.

PS: “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati mazkur ekologik barqarorlikni kuzatib, oʻrganishlar natijalari boʻyicha Siz, aziz mushtariylarimizni xabardor etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер